23:46 / 30.06.2017
9077

«Milan» beshinchi transferni rasmiylashtirdi

Italiyalik hujumchi Fabio Borini Angliyaning «Sanderlend» klubidan Italiyaning «Milan» jamoasi safiga ko‘chib o‘tdi. Bu haqda milanliklar rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Manbaga ko‘ra, «Milan» hujumchini «Sanderlend»dan hujumchini kelgusida sotib olish huquqi bilan ijaraga oldi. Shartnomaning boshqa shartlari oshkor qilinmagan.

Ma'lumot uchun, o‘tgan mavsumda futbolchi premer-ligada 24ta o‘yinda maydonga tushib, 2ta gol kiritishga muvaffaq bo‘lgandi.

Qayd etish kerakki, yangi xo‘jayinlar qo‘liga o‘tgan «Milan» shu vaqtgacha 4 transferni rasmiylashtirgandi: «Vilyarreal»dan himoyachi Mario Musakkio, «Atalanta»dan tayanch yarim himoyachisi Frenk Kessiye, «Volfsburg»dan himoyachi Rikardo Rodriges va «Portu»dan hujumchi Andre Silva sotib olingandi. 

Top