29 noyabrga ötar keçasi Yevropa Çempionlar Ligasi guruh bosqiçidagi E-H guruhlarida 5-tur uçraşuvlari bölib ötadi. Ba’zi jamoalar muddatidan oldin pley-off masalasini hal qilişi ham yoki aksinça, ba’zi guruhlarda vaziyat yanada çigallaşib, sönggi turni finalga aylantirib yuborişi ham mumkin. Aynan mana şu guruh formati sönggisi bölib, kelasi yildan umuman boşqa tizim boşlanişi ham öyinlarga e’tiborni kuçaytirgan.
Ye GURUHI
«Latsio» – «Seltik» (22:45, Sport)
«Feyyenord» – «Atletiko» (01:00)
Guruhda şunday vaziyat yuzaga kelganki, 5-turdan söng barçasi çigallaşib, har bir jamoada keyingi bosqiçga çiqiş imkoniyati saqlanib qoliş ehtimoli bor. Hatto atigi 1 oçkoga ega bölgan «Seltik» sönggi ikki öyinda ğalaba qozonsa va «Atletiko» ham yordam berib yuborsa, 2-örinni oliş imkoniyatiga ega. Şu bilan birga, bugungi öyinlarda «Atletiko» va «Latsio» öz öyinlarida ğalaba qozonadigan bölsa, guruhda muddatidan oldin pley-off iştirokçilari ma’lum böladi.
Niderlandiyada ötadigan uçraşuv guruh uçun markaziy öyin maqomida bölişi şubhasiz. Ikki durang madridliklarga qimmatga tuşdi va endi garçi «Atletiko» hali ham guruh peşqadami sifatida turgan bölsa-da, buni saqlab qoliş uçun «Feyyenord»ga yutqazmaslik kerak. Agar mezbonlar ğalaba qozonadigan bölsa, katta ehtimol bilan «Latsio» ham ğalaba qozonişi inobatga olinsa, «Atletiko» sönggi tur oldidan 3-öringa tuşib qolişi mumkin. Albatta, şunda ham Simeone şogirdlarida imkoniyat yomon bölmaydi – oxirgi turda Madridda «Latsio»ga qarşi öyinda uç oçko yetarli bölişi mumkin. Tabiiyki, guruhda 1-örinni oliş va pley-offda nisbatan kuçsizroq raqibga tuşişdan umid qiliş ham katta ahamiyatga egaligini unutmaslik kerak.

F GURUHI
«Milan» – «Borussiya» D (01:00, Sport)
«PSJ» – «Nyukasl» (01:00, Yoshlar)
Uşbu guruhda hammasi oxirigaça çalkaş bölişi va har bir öyin hal qiluvçi darajada bölişi oldindan taxmin qilingandi. Şunday bölib çiqyapti ham, dastlabki ikki öyinda birorta ham gol ura olmay, yaqqol autsayderdek köringan «Borussiya», masalan, bugun Milanda ğalaba qozonsa, muddatidan oldin pley-off masalasini hal qiladi. Bu holatda «Borussiya» «Milan»dan 4 oçkoga özib ketadi, «Nyukasl» bilan esa uç oçkolik farq yetarli, zero özaro öyinlarga köra, dortmundliklarda ustunlik bor. Xuddi şu şaklda, «Milan»da ham imkoniyat yomonmas – Pioli şogirdlari ğalaba qozonsa, sönggi tur oldidan kamida 2-öringa çiqib oladi. Oxirgi öyin esa Angliyada «Nyukasl» bilan.




















