Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning ma'lum qilishicha, respublika fuqarolariga inqiloblar, demokratiya va inson huquqlardagi chayqovchilik kerak emas.
Lukashenkoning belaruslarga Mustaqillik Kuni munosabatida bilan yo‘llagan tabrigida aytilishicha, “so‘nggi yillarda ko‘p narsalar o‘zgardi: mamlakat ham, unda yashovchi kishilar ham, biroq har birimizning erkin va tinch davlatda yashash istagimiz o‘zgarishsiz qoldi”.
"Belaruslarga ag‘dar-to‘ntarliklar, urush va inqiloblar, demokratiya hamda inson huquqlaridagi chayqovchilik kerak emas. Bizda vaqt bilan to‘g‘riligi isbotlangan ideallar hamda qadriyatlar bor, va shuning uchun hech kimga boshqa narsani tiqishtirishlariga yo‘l qo‘ymaymiz", - deyiladi davlat rahbari saytida joylashtirilgan tabrik matnida.
Uning ta'kidlashicha, "XXI asrdagi Belarus – o‘zining mustaqil rivojlanish yo‘lidan barqaror ketayotgan davlatdir".
"Bizning mamlakatda tinchlik va tartib-intizom bor. Belarus xalqi birdam, uni Vatanni mustahkamlash haqida qayg‘urish hamda bu maqsadga erishish yo‘lidagi halol mehnat birlashtirib turadi", - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi prezident.