20:42 / 02.07.2017
13974

«Chanchjen-5» parvozi muvaffaqiyatsiz yakun topdi

Xitoyning bugun start olgan «Chanchjen-5» og‘ir toifali raketa tashuvchisi parvozi muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Bu haqida «Sinxua» agentligi xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, voqea yuzasidan tergov olib borilmoqda. 

Raketa starti yakshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 19:23 da bo‘lib o‘tdi. Bu "Chanchjen-5" seriyali raketa tashuvchilarining ikkinchi va "Buyuk parvoz" raketa tashuvchilarining umumiy 250-startidir. 

Ta'kidlash joizki, "Shitszyan-18" yo‘ldoshli "Buyuk parvoz-5" raketasi 6 may kuni Venchan kosmodromiga yetkazilgan. 

"Chanchjen-5" — Xitoyning eng qudartli yangi avlod raketa tashuvchisi. Uning balandligi 56,97 metr, asosiy bosqichining diametri esa 5 metrni tashkil qiladi. U yer atrofi orbitasiga 25 tonnagacha bo‘lgan yukni olib chiqishga qodir. "Chanchjen-5" loyihasi 2006 yilda XXR Davlat kengashi tomonidan tasdiqlangan. Unga yoqilg‘i sifatida suyuq kislorod va suyuq vodorod qo‘llaniladi. 

Top