00:12 / 13.07.2017
19306

Forbes dunyoning eng qimmatbaho sport klublarini ma'lum qildi

AQShning Milliy futbol ligasi (amerikancha futbol) klubi "Dallas Kovboyz" Forbes jurnali talqiniga ko‘ra dunyoning eng qimmatbaho sport klublari reytingiga yetakchilik qilmoqda.

Nashr klubni 4,2 mlrd dollarga baholagan. 

Reytingda 2-o‘rinni Beysbol bosh ligasi klubi "Nyu-York Yankiz" egallagan, u 3,7 mlrd dollarga baholangan. 3-o‘rin esa Angliyaning "Manchester Yunayted" klubiga nasib qilgan, uning narxi 3,69 mlrd dollarni tashkil qilgan.

Shuningdek, eng qimmatbaho sport klublari beshtaligiga "Real" va "Barselona" ham kirgan. Ispan grandlarining narxi mos ravishda 3,64 mlrd va 3,58 mlrd dollarni tashkil qiladi.

Avvalroq "Real" va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Forbes nashriga ko‘ra dunyoning eng katta daromad oluvchi sportchilari ro‘yxatining eng yuqori pog‘onasini egallagani ma'lum qilingandi.

Top