10:21 / 18.07.2017
20311

Mo‘sulda rossiyalik terrorchi ayollar qo‘lga olindi

Foto: Reuters

Iroqlik harbiylar IShID guruhining 20 nafar xudkush-terrorchi ayollaridan iborat guruhni qo‘lga olishdi. Ular Mo‘sulda hukumat qo‘shinlariga hujum qilishga tayyorlanayotgan bo‘lgan.

Deutsche Welle telekanalining xabar berishicha, qo‘lga olingan ayollar orasida to‘rt davlat – Rossiya, Germaniya, Turkiya va Kanada fuqarolari bor. Ularning kamida bir nafari voyaga yetmagani aytilmoqda: 2016 yilda Saksoniyadan bo‘lgan maktab o‘quvchisi to‘satdan g‘oyib bo‘lib qolgan. O‘shanda nemis politsiyasi qiz IShID a'zolari bilan muloqotda bo‘lganini aniqlagan edi.

Xabar qilinishicha, Mo‘sulda qo‘lga olingan terrorchi ayollar yer ostidagi tunnelda yashirinishgan hamda portlovchi qurilmalar va o‘q otar qurollarga ega bo‘lishgan.

Top