13:54 / 28.07.2017
26817

Peterburgda teraktlarni amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rgan markaziy osiyolik 7 shaxs qo‘lga olindi

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Sankt-Peterburgda teraktlarni amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rgan markaziy osiyolik yetti shaxsni qo‘lga oldi. Ular temir yo‘lda ham teraktlar sodir etishni rejalashtirishgan. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

«Yigirma sakkizinchi iyul kuni yetti kishidan iborat guruh qo‘lga olindi, ular markaziy osiyolik shaxslar bo‘lib, Sankt-Peterburgdagi temir yo‘l transporti va kishilar gavjum joylarda teraktlarni amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rishgan», - deya xabar berishgan Federal xavfsizlik xizmatidan.

Qo‘lga olinganlarning shaxsi hozircha oshkor etilmagan.

Avvalroq Rossiyada yarim yil ichida qancha teraktning oldi olingani ma'lum qilingandi.

Mavzuga oid
Top