17:41 / 09.08.2017
7428
Milliy bank xorijiy kredit liniyalarini jalb etish bo‘yicha davra suhbati o‘tkazdi

2017 yilning 9 avgust kuni Toshkentdagi “Lotte City Hotel Tashkent Palace” mehmonxonasi anjumanlar zalida O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki tomonidan Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi va savdo vakolatxonasi hamda Xitoyning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda kichik va o‘rta biznes vakillari, shuningdek, respublika ishlab chiqarish tashkilotlariga xorijiy kredit liniyalari mablag‘larini olish imkoniyatlari to‘g‘risida tushuntirish berish bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi.

Milliy bank ishlab chiqarish tashkilotlarining kichik biznes sub'yektlariga xorijiy kredit liniyalari imkoni, iqtisodiyotning turli sohalarida loyihalarni moliyalashtirish shartlari bo‘yicha ma'lumot taqdim etishga oid ilk shunday tadbir o‘tkazdi. 

Davra suhbatining maqsadi – ishbilarmonlik sub'yektlariga yaqinlashishdir. Uchrashuv bank vakillari va kompaniyalar o‘rtasida qalin muloqotni yo‘lga qo‘yish, tadbirkorlar mablag‘larni jalb etishda to‘qnash kelayotgan muammolari haqida eshitish, shuningdek, biznes yuritish uchun to‘siqlarni olib tashlash uchun yaxshi imkoniyat bo‘ldi. Milliy bank mutaxassislari mehmonlarning bank ishi va Milliy bank tomonidan taqdim etilayotgan imkoniyatlar bilan bog‘liq barcha savollariga javob qaytarishdi.

Milliy bank vakillari ma'ruza vaqtida O‘zbekiston biznesiga har bir kredit liniyasi orqali ochiluvchi imkoniyatlar va sharoitlar haqida batafsil ma'lumot berishdi. 

Top