9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

11:38 / 09.08.2017 8213

Urganchda o‘z tomorqasida nasha yetishtirgan shaxs fosh etildi

Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi tezkor vakillari tomonidan ichki ishlar xodimlari bilan hamkorlikda Urganch tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida o‘z tomorqasida nasha yetishtirgan shaxs fosh etildi. Bu haqda Kun.uz’ga Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Chakkasholikor qishlog‘ida yashovchi fuqaro D.Madrahimovning xonadoni amaldagi tartiblarga muvofiq va xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, hovlidagi tomorqada 11 tup kannabis o‘simligi “barq” urib o‘sayotganligi aniqlandi.

Tezkor tadbir davomida aniqlagan mazkur narkotik giyohlarning umumiy og‘irligi salkam 1.7 kg.ni tashkil qildi.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro D.Madrahimovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 270-moddasining 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov va surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Top