Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning 7 ta shahridagi havo sifati ma’lum qilindi
15 noyabr kuni Termiz shahrida PM2,5 zaharli dispers zarrachalari me’yordan qariyb 42 marta baland bo‘ldi. Bugun Urganch va Jizzax havosi eng toza shaharlar bo‘ldi.

Toshkent, Guliston, Samarqand, Nukus, Urganch, Termiz va Jizzax shaharlaridagi 15 yanvar holatiga ko‘ra havo sifati tahlillari ma’lum qilindi.
O‘zgidromet ma’lumotida havo tarkibidagi 8 ta modda uglerod oksidi, azot dioksidi, azot oksidi, oltingugurt dioksidi, ammiak, ozon, PM10 va PM2,5 moddalarining ifloslantiruvchi konsentratsiyasi ko‘rsatilgan. Tahlillarga ko‘ra, shaharlarda PM10 va PM2,5 zarrachalarining me’yordan oshishi kuzatilgan.
Xususan, Termiz shahrida PM10 – 1253 mkg/m3, ya’ni me’yordan 2,5 marta oshgan. PM2,5 esa 208,5 mkg/m3 bo‘lib, JSSTning tavsiyaviy me’yoridan 42 marta oshgan. Shuningdek, Samarqand shahrida ham PM2,5 me’yordan 18 marta ko‘pligi kuzatilgan.
Ma’lumot uchun, PM10 – havo tarkibidagi mayda qattiq zarralar bo‘lib, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti uning me’yorini 500mkg/m3 deb belgilagan. PM2,5 esa eng kichik dispers zarralar hisoblanib, uning me’yoriy ko‘rsatkichi 1 metr kub havo tarkibida 5 mikrogrammgacha deb olingan.
Havo sifatini o‘lchash stansiyalari o‘rnatilgan shaharlar ichida Jizzax va Urganch havosi eng tozasi hisoblanadi. Bu shaharlarda 15 noyabr kuni PM10 VA PM2,5 ruxsat etilgan me’yorga yetmagan.
Shuningdek, toza havosi bo‘yicha keyingi o‘rinlarda Nukus – PM2,5 6,4 mkg/m3 va Toshkent shahri – PM2,5 – 15,3 mkg/m3 ni ko‘rsatgan. Poytaxtdagi havo sifatining yaxshiligi yog‘ingarchilik bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Shahar havosining ifloslanish darajasi isitish mavsumi boshlanganidan buyon tez-tez xavfli darajaga chiqib ketmoqda.
Ma’lumot uchun, O‘zgidromet atmosfera havosining ifloslanish darajasini quyidagi shaharlarda o‘rnatilgan avtomatik rejimda ishlovchi stansiyalar orqali monitoring qilib boradi:
– Toshkent shahridagi 2 ta stansiyalarda (Yunusobod tumani, Bodomzor yo‘li, 1-tor ko‘chasi 72, O‘zgidromet; Chilonzor tumani, Bunyodkor shohko‘chasi, Xalqlar do‘stligi maydoni);
– Guliston (Buyuk kelajak mahallasi);
– Jizzax (Zilol mahallasi Avloniy ko‘chasi, 2-uy);
– Nukus (Olmazor ko‘chasi, 223-uy);
– Urganch (J. Manguberdi ko‘chasi, 2-uy).
– Samarqand (Samarqand sh., Universitetskiy bulvar, 17);
– Termiz (At-Termiziy ko‘chasi, San’at saroyi).
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Britaniyada depressiyaga chalingan odamlarga futbolga borish tavsiya etildi
Sport | 23:20 / 22.07.2025
-
AQSh Trampning yangi muddati davomida Ukrainaga birinchi harbiy yordam shartnomasini e’lon qildi
Jahon | 23:01 / 22.07.2025
-
O‘zbek-qozoq chegarasidagi tunnel, ijtimoiy obektlar geoportali va Jizzaxga tashrif – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:54 / 22.07.2025
-
Eron davlat xodimlarining iPhone’lari Isroil bilan urush oldidan kiberhujumga uchradi – OAV
Jahon | 22:18 / 22.07.2025
Mavzuga oid

19:47 / 22.07.2025
Chorvoqda shahar qurish: shoshmashosharlik emas, ilmiy xulosalar zarur

15:32 / 22.07.2025
Toshkent viloyatida tabiatga qariyb 17 mlrd so‘m zarar yetkazildi

11:00 / 22.07.2025
Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga tashrif buyuradi

18:27 / 21.07.2025