Turkiya sharqidagi YTH natijasida yetti kishi halok bo‘ldi. Bu haqida Hurriet gazetasi xabar berdi.
Voqea Agri provinsiyasida ro‘y bergan - yuk mashinasi qayrilayotib, ko‘tarma kranni mikroavtobusning ustiga tushirib yuborgan.
Manbaga ko‘ra, halok bo‘lganlardan tashqari yana 11 kishi jabrlangan, ulardan 4 nafari og‘ir ahvolda.
Bundan avval Anqara-Koniya trassasida avtobus ishtirokida YTH ro‘y bergandi. Bu avariya natijasida 4 kishi halok bo‘lgan, 20 nafarga yaqini jarohat olgan.