1 sentabr kuni Qurbon hayiti munosabati bilan poytaxt Toshkent shahrida jamoat transporti – metro va avtobuslar erta tong soat 04:00 dan ish faoliyatini boshlaydi. Bu haqda "O‘zbekiston24" telekanalining saytida ma'lum qilindi.
Qayd etilishicha, ushbu qaror aholiga qulaylik yaratish maqsadida qabul qilindi.
Eslatib o‘tamiz, Prezident qarori bilan O‘zbekistonda 1 sentabrni Qurbon hayiti bayramining birinchi kuni sifatida nishonlash belgilangan edi.