20:00 / 03.09.2017
9072
Qoraqalpog‘istondagi Savitskiy muzeyi yangi binoga ega bo‘ldi
Foto: Kruz.uz

Qoraqalpog‘istonda Savitskiy nomidagi san'at muzeyining yangi binosi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «KRuz.uz» xabar berdi.

Marosimda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi M.Yerniyazov, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining o‘rinbosari K.Oqilova va boshqalar so‘zga chiqdi.

Muzey direktori G.Izentayeva binoni sifatli qurib bitkazishda munosib hissa qo‘shgan barcha tashkilotlar, qo‘li gul quruvchilarga minnatdorlik izhor etdi.

Ekspozitsiya zallari zamonaviy ko‘rinishdagi binoning ikkinchi va uchinchi qavatlarida joylashgan bo‘lib, ularda Rossiya, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston rassomlarining 500 dan ortiq ijodiy ishlari qo‘yilgan.

 

Top