4 mart kuni soat 15:40 larda Qoraqalpoğiston Respublikasi Taxtköpir tumani Daöir mahallasida joylaşgan 4-sonli maktabda, yangi joriy qilingan tizimda xizmat ötayotgan Milliy gvardiyaning qorovul xodimi tomonidan maktabga mast holda qölida bolta bilan kelgan fuqaro töxtatib qolindi. Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uşbu fuqaro maktabning kiriş joyida xizmat ötayotgan qorovul xodimining begonalarni maktab içkarisiga kiritmasligi töğrisidagi ogohlantirişiga va talablariga böysinmasdan, kurtkasi içidan bolta çiqarib janjal kötarib turgan bir paytda «taşviş» xabari asosida çaqirilgan va yetib kelgan tuman qöriqlaş xodimlari tomonidan qölga olingan.
Olib borilgan dastlabki örganişlar davomida uşbu fuqaro, Taxtaköpir tumanida yaşovçi 45 yoşli fuqaro S.D. ekani, mazkur maktabda boşlanğiç sinf öqituvçisi bölib işlaydigan turmuş örtoği R.B.ni körişga kelgani va gaplaşib ketmoqçi ekanini, qölidagi boltani esa ötin çopiş oldidan ötkirlatişga olib çiqqanini ma’lum qilgan.
Fuqaro S.D. tezkor guruh xodimlari tomonidan tuman Tibbiyot bölimiga olib borilib, spirtli içimlik iste’mol qilganligi böyiça ma’lumoti olingandan söng, tuman IIB profilaktika inspektori bilan birga tegişli xujjatlar rasmiylaştirilgan holda, tuman tibbiyot birlaşmasiga qaraşli mastlik holati bölgan şaxslarga tibbiy yordam körsatiş punktiga yotqizilgan.
Hozirda holat yuzasidan Taxtaköpir tumani IIB tomonidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.

















