Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh KXDRga qarshi sanksiyalar kuchaytirilganidan xursandmi?
Foto: AP
AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Heyli Xavfsizlik Kengashi yig‘ilishida Qo‘shma Shtatlar KXDR bilan urush qidirmayotgani hamda Pxenyandagi rejim butun dunyo bilan munosabatlarni tiklash uchun «qaytib bo‘lmaydigan nuqta»dan hali o‘tmaganini ma'lum qildi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
«Sanktsiyalar yanada kuchaytirilgani bizga quvonch bag‘ishlamaydi. Biz urush qidirayotganimiz yo‘q. KXDR rejimi qaytib bo‘lmaydigan nuqtadan hali o‘tgani yo‘q. Agarda, ular o‘z yadro dasturlarini to‘xtatishga rozi bo‘lishsa, ularda imkoniyat paydo bo‘ladi. Ular tinch yashay olishlarini isbotlay olishsa, butun dunyo ham tinch yashaydi», - degan Heyli.
Uning ta'kidlashicha, Shimoliy Koreya tomonidan fitnalar davom ettirilsa, AQSh bosim o‘tkazishni yanada keng ko‘lamda amalga oshiradi.
Avvalroq BMT Xavfsizlik kengashi KXDRga qarshi sanksiyalarni bir ovozdan kuchaytirgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
13:27
“Faqat AQSh himoya qila oladi”: Tramp Grenlandiya masalasini tezlashtirmoqda
12:00
Trampning “Tinchlik kengashi”ga 35 ga yaqin davlat qo‘shilishga rozi
10:13
Putin “Tinchlik kengashi”ga Rossiya aktivlaridan 1 mlrd dollar berishga tayyor
09:42