12:42 / 26.09.2017
8317
Andijonda qilichbozlik bo‘yicha turnir boshlandi

O‘tgan yilning dekabr oyida Andijonda muhtasham qilichbozlik majmuasi ishga tushirilgan edi. Mazkur sport inshoot sakkiz nafardan o‘n nafargacha qilichbozlar maxsus yo‘lakcha imkoniyatiga ega maydon, 24x42 m o‘lchamdagi mashg‘ulotlar zali, 50 o‘rinli mehmonxona, trenajyor zallarini o‘z ichiga olgan.

Shu paytga qadar qilichbozlar uchun xalqaro standartlarga javob bera oladigan qilichbozlar zali faqatgina Toshkentda mavjud edi.

25 sentabr kuni majmuada yoshlar va kattalar o‘rtasida “Oltin vodiy” Respublika ochiq turniri boshlandi. Musobaqada yurtimizning barcha viloyatlaridan tashrif buyurgan sportchilar ishtirok etishmoqda. Ochilish marosimida so‘z olgan terma jamoa bosh murabbiyi Gennadiy Pelix hamda viloyat jismoniy tarbiya va sport bosharmasi boshlig‘i O‘tkirbek Toshpo‘latov atletlarga muvaffaqiyat tilashdi.

Musobaqalar qilichbozlik sport turining uch yo‘nalishi – rapira, shpaga va shamshir yo‘nalishida bo‘lib o‘tmoqda.

Bellashuvlarning ilk kunida Navoiy viloyatidan Igor Knyazev kattalar o‘rtasida shpaga yo‘nalishida g‘olib bo‘lgan bo‘lsa, xuddi shu yo‘nalishda Toshkent shahridan Malika Hakimova qizlar o‘rtasida oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Kun.uz muxbiri Elmurod Ermatov, Andijon

Top