18:25 / 02.10.2017
100012

Top-10: Oliy ma'lumot talab qilmaydigan, yaxshi haq to‘lanuvchi kasblar ro‘yxati

Oliy ma'lumotga ega bo‘lish imkonidan mahrum bo‘lsangiz, kayfiyatni tushirmang - dunyoda o‘rta-maxsus ta'lim hujjatiga ega bo‘lib ham, yuqori maosh olish mumkin bo‘lgan ko‘plab kasblar topiladi. The Time nashri AQShdagi oliy ma'lumot talab qilmaydigan, eng serdaromad 10 kasb haqidagi ma'lumoti bilan bo‘lishdi.

 

Tijoriy uchuvchi

Foto: The Guardian

Nomuntazam yo‘nalishlarda samolyotni boshqaradi va yiliga 77 200 dollar ishlab topadi.

 

Jinoiy detektiv

Foto: BBC

Federal yoki mahalliy qonunlarni buzish bilan bog‘liq tergov ishlarini olib boradi va yiliga 78 120 dollar ishlab topadi.

 

Liftlarga xizmat ko‘rsatuvchi elektromexanik

Foto: Canadian Business

Yo‘lovchi va yuk liftlari hamda eskalatorlarni yig‘adi, o‘rnatadi va ta'mirlaydi. Yiliga 78 890 dollar ishlab topadi.

 

Yadroviy texnik

Foto: iStock

Fiziklar, muhandislar va boshqa mutaxassislarga yadroviy sanoat sohasida yordam beradi va yiliga 79 140 dollar ishlab topadi.

 

Radiatsiya terapevti

Foto: RCPI

Uskunani tekshiradi, bemorlar reaksiyasini nazorat qiladi, hujjatlar bilan shug‘ullanadi va yiliga 80 160 dollar ishlab topadi.

 

Energetik-dispetcher

Foto: Shutterstock

Bug‘ va elektr energiyasini muvofiqlashtiradi, tartibga soladi va taqsimlaydi, yiliga 81 900 dollar ishlab topadi.

 

Politsiya boshlig‘i

Foto: Getty Images

Politsiya xodimlarini boshqaradi va yiliga 84 840 dollar ishlab topadi.

 

Logist-menedjyer

Foto: 123RF

Yuklarni tashish, saqlash va taqsimlashni muvofiqlashtiradi hamda yiliga 89 190 dollar ishlab topadi.

 

Yadroviy reaktor operatori

Foto: Getty Images

Uskunani ishga tushiradi va to‘xtatadi, boshqaruv elementlarini sozlaydi, YTHlarning oldini oladi hamda yiliga 91 170 dollar ishlab topadi

 

Havo harakati nazoratchisi

Foto: Jet News

Havo kemalarining yo‘nalishini nazorat qiladi va yiliga 122 410 dollar ishlab topadi.

Top