21:10 / 05.11.2017
6039

A Seriya. «Napoli» va «Inter» «qoqildi»

Foto: Napoli

Italiya chempionatining 12-tur uchrashuvlari davom ettirildi. «Inter» o‘z maydonida «Torino» bilan durang o‘ynab qo‘yishi ortidan turnir jadvali peshqadami «Napoli» ham «qoqildi». 

Neapolliklar «Kevo»ga qarshi safar uchrashuvida ochko yo‘qotishdi - 0:0.

Bundan esa «Yuventus» va «Roma» jamoalari foydalanib qolishdi. «Alyants – Yuventus» stadionida kechgan uchrashuvda maydon egalari irodali g‘alabaga erishdi - 2:1. G‘oliblar safida Gonsalo Iguain va Xuan Kuadrado gollarga mualliflik qildi, «Benevento»ning goli Amato Chichiretti tomonidan urildi.

Turning markaziy uchrashuvida «Roma»  «Fiorentina» ustidan zafar quchdi. O‘yinda muxlislar 6ta gol ko‘rishdi.

Italiya chempionati
12-tur

Inter – Torino 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar: 0:1 – 59 Yago Falke, 1:1 – 79 Eder.
Inter – Xandanovich, Shkrinyar, Nagatomo (Brozovich, 76), D`Ambrozio, Miranda, Vesino, Galyardini (Eder, 69), Valero, Kandreva, Perishich, Ikardi.
Torino – Sirigu, Nkulu, Ansaldi, de Silvestri, Burdisso, Bazelli, Rinkon, Yago Falke (Nyang, 82), Obi (Akkua, 73), Lyayich (Berenger, 89), Belotti.
Ogohlantirishlar: Vesino (33), Burdisso (42), Rinkon (56), Sirigu (61), Obi (64), Shkrinyar (66), Brozovich (83), Akkua (88).

Fiorentina – Roma 2:4 (2:2, 0:2)
Gollar: 0:1 – 5 Jyerson, 1:1 – 9 Veretu, 1:2 – 30 Jyerson, 2:2 – 39 Simeone, 2:3 – 50 Manolas, 2:4 – 87 Perotti.
Fiorentina – Sportello, Petstselya, Biragi, Brunu Gashpar, Astori, Veretu, Badel (Sanches, 75), Jil Diash (Esserik, 82), Benassi, Keza (El-Babakar, 74), Simeone.
Roma –    Alisson, Fasio, Manolas, Kolarov, Florentsi, Nainggolan, Gonalon, Jyerson (Defrel, 82), Pellegrini (Strotman, 72), El-Shaaravi (Perotti, 66), Djyeko.
Ogohlantirishlar: Petstselya (52), Gonalon (66).

Yuventus – Benevento 2:1 (0:1, 2:0)
Gollar: 0:1 – 19 Chichiretti, 1:1 – 57 Iguain, 2:1 – 65 Kuadrado.
Yuventus – Shchensni, Rugani, Aleks Sandro, De Shilo, Kellini, Kuadrado (Bernardeski, 81), Matyuidi, Markizio, Duglas Kosta (Mandjukich, 78), Dibala (Bentankur, 87), Iguain.
Benevento – Brinoli, Antey, Di Kyara, Lazaar (Lombardi, 62), Gimsiti, Viola, Chibsa, Chichiretti, Kataldi (Paridjini, 87), Venuti, Armenteros (Koda, 70).
Ogohlantirishlar: Kataldi (37), Markizio (43), Chibsa (45), Iguain (73), Antey (85), Bernardeski (89).

Kevo – Napoli 0:0 (0:0, 0:0)
Kevo – Sorrentino, Tomovich, Gobbi, Kachchatore, Gamberini, Kastro, Radovanovich, Birsa (Medjorini, 62), Depaoli (Basten, 76), Xetemay, Ingleze (Stempinski, 85).
Napoli – Sepe, Albiol, Mariu Ruy (Madjo, 66), Xyusay, Kulibali, Gamshik, Jorjino, Kalexon (Una, 79), Zelinski (Allan, 72), Insine, Mertens.
Ogohlantirishlar: Radovanovich (34), Mariu Ruy (34), Zelinski (53), Kulibali (81).

Kalyari – Verona 2:1 (1:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 6 Sukulini, 1:1 – 28 Cheppitelli, 2:1 – 85 Farago.
Kalyari – Bittenkur, Romanya, Cheppitelli, Andreolli, Ionitse (Farias, 78), Padoin, Chigarini (Dessena, 87), Farago, Barella, Pavoletti, Sau (Joao Pedro, 65).
Verona – Nikolas, Erto, Suprean, Kaseres (Valoti, 55), Karachcholo, Romulo, Sukulini, Fossati, Fares, Cherchi (Verde, 69), Patstsini (Dzakkani, 83).
Ogohlantirishlar: Bittenkur (45), Sukulini (48), Fares (74), Valoti (79), Chigarini (87).

Mavzuga oid
Top