«Real» yarimhimoyachisi Toni Kroos bosh murabbiy Zinedin Zidan qo‘l ostida hammadan ko‘p maydonga tushayotgani oydinlashdi.
Fransiyalik mutaxassis 2016 yil 4 yanvar kuni Madrid klubini qo‘lga olganidan so‘ng, Kroos 86 marta o‘yinlarda ko‘rinish bergan. Undan keyingi o‘rinlarni Marselo va Krishtianu Ronaldu egallab turibdi - 83 o‘yin.
2015/16 mavsumining ikkinchi yarmida Kroos 23 o‘yinni o‘tkazgan. Keyingi mavsumda 48 o‘yinda maydonga tushgan. Joriy mavsumda esa 15 o‘yinni o‘z hisobiga yozib qo‘ydi.