Madrid klubi fransuz mutaxassis bilan şartnoma uning taşabbusi bilan bekor qilinganini e'lon qildi.
«Uning qarorini hurmat qilgan holda barça mehnatlari uçun rahmat aytamiz. Zidan «Real»ning ramzlaridan biri va doim klub afsonasi bölib qoladi. Futbolçi sifatida ham, murabbiy sifatida ham. «Real» har doim Zidanning öz uyi», - deyilgan klub bayonotida.
Comunicado Oficial: Zinedine Zidane.#RealMadrid
— Real Madrid C.F. (@realmadrid) May 27, 2021
Murabbiyning amaldagi şartnomasi 2022 yil yoziga qadar tuzilgandi.
Bir muddatlik tanaffusdan keyin 2019 yil martida «Real»ga qaytgan Zidan ötgan mavsumda Ispaniya çempionligi va Ispaniya Superkubogini qölga kiritgandi. Joriy mavsumda «Real» Çempionlar ligasi yarim finaliga yetib bordi va La Ligada ikkinçi örinni egalladi.
Zidan «Real»ni 2016 yildan 2018 yilga qadar ham boşqargan, bu vaqt mobaynida u jamoani uç bor Çempionlar ligasi ğolibligiga boşlab borgandi. Şuningdek, «Real» uning rahbarligida bir marta Ispaniya çempioni bölgan, bir marta mamlakat Superkubogini, ikki marta UYeFA Superkubogini qölga kiritib, ikki marta klublar örtasidagi jahon çempionatida ğolib çiqqandi.
Fransuz mutaxassis «qaymoqranglilar» boşqaruvida jami 263 öyin ötkazib, 174 ğalabagaga erişgan, 53 durang qayd etgan va 36 öyinda mağlub bölgna. Töplar nisbati 605:267.
Bundan avvalroq «Yuventus»ning sobiq boş murabbiyi Massimiliano Allegri yoki «Inter»ning sobiq boş murabbiyi Antonio Konte «Real»ga kelişi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.
Ispaniyaning Marca naşri esa Zidan ketgan holatda uning örnini «Real»ning sobiq sardori Raul Gonsales egallaşi haqida yozgandi. Şuningdek, OAVda «Real» rahbariyati Germaniya terma jamoasi boş murabbiyligini tark etgan Yoaxim Lyovning nomzodini körib çiqayotgani haqida yozgan.












