07:40 / 14.11.2017
11521
Isroilda ko‘p qavatli yer osti qabristoni barpo etildi

Isroilning Al-Quds shahrida zamonaviy dunyodagi ilk ko‘p qavatli qabriston barpo etildi.

Shaharda yangi qabrlar yetishmasligi muammosini shu yo‘l bilan hal qilishga qaror qilingan. Yer osti qabristoni 50 metr chuqurlikda joylashgan. Unga liftda tushiladi.

Qabriston 14 qavatdan iborat bo‘lib, u mavjud qabriston ostida qurilgan. Ta'kidlanishicha, yangi qabriston 22 ming kishiga mo‘ljallangan. Uning qurilishi 50 mln dollarga aylangan.

Bosh ravvinning aytishicha, qabriston qurilishida hech qanday diniy va axloqiy qoidabuzarliklar alomati yo‘q.

Top