8460.92 USD +2.76

9439 EUR -62.05

131.06 RUB +1.32

10760.6 GBP -234.16

16:25 / 19.11.2017 5912

«Lokomotiv» - chempion!

Foto: Lokomotiv FK matbuot xizmati

O‘zbekiston chempionatining asosiy o‘yinlaridan birida «Lokomotiv» Samarqandda «Dinamo» mehmoni bo‘ldi. 

Birinchi bo‘limda Marat Bikmayevning dubli, ikkinchi bo‘limda uning bir goli, shuningdek Sanjar Shoahmedov va Jaloliddin Masharipov tomonidan kiritilgan gollarga Adnan Oraxovats birgina gol bilan javob qaytardi.

Natijada 5:1 hisobida g‘alaba qozongan «Lokomotiv» ochkolari sonini 67taga yetkazib oldi va yaqin ta'qibchisi «Nasaf»ni besh ochkoga ortda qoldirib, mamlakat chempioni degan nomni ketma-ket ikkinchi marta qo‘lga kiritdi.

Oliy liga, 29-tur

«Dinamo» – «Lokomotiv» 1:5 (1:2)
Gollar: Adnan Oraxovats (32) — Marat Bikmayev (9, 19, 86), Sanjar Shoahmedov (58), Jaloliddin Masharipov (77).

«Dinamo»: Mixail Naumov, Mirkomil Lokayev, Akmal Bozorov, Jasur Azimov, Abdumalik Abdullaye, Shoxrux Xolmatov, Aleksey Nikolayev, Iskandar Xolmirzayev, Adnan Oraxovats, Farhod Tojiyev, Doniyor Ismoilov

«Lokomotiv»: Ignatiy Nesterov, Kaxi Maxaradze, Marat Bikmayev, Sadriddin Abdullayev, Sardor Mirzayev, Timur Kapadze (Azizbek Omonov, 70), Islom To‘xtaxo‘jayev, Shuhrat Muhammadiyev, Oleg Zoteyev, Sanjar Shoahmedov, Jaloliddin Masharipov.

Top