Bu yilgi çempionatda «Surxon», «Lokomotiv», «Qöqon-1912» va «Dinamo» Superligada qoliş uçun kuraş olib bormoqda. Bu jamoalar avvalgi yillarda ham elitada qoliş uçun kuraşgan, bu yil ular safini Özbekistonning uç karra çempioni «Lokomotiv» töldirdi.

Yakunda turnir jadvalida 13 va 14-örindagi klublar Pro ligaga tuşib ketsa, 12-örindagi jamoa Pro-ligada 3-örinni egallagan jamoaga qarşi safarda bir öyindan iborat pley-off bahsida maydonga tuşadi. Quyida jamoalarning bu boradagi imkoniyatlarini çamalaymiz.
11. «Surxon» - 23 oçko
Ispaniyalik murabbiy Anxel Lopes boşqaruvida 13-örinda bölgan «Surxon» Lopesning örnini egallagan Migel Alvares qöl ostida 11-öringa kötarilib oldi. Termiz klubi ketma-ket 6 öyinlik mağlubiyatli seriyasidan söng, autsayder sifatida oxirgi 4 öyindan 3tasida ğalaba qozongani va faqatgina «Paxtakor» bilan durang qayd etgani hayratlanarli natija böldi. Bunda jamoada boş menejyer sifatida iş boşlagan Hamidjon Aktamovning ham ta’siri borligi aniq. Ayniqsa, «Söğdiyona»ning Jizzaxda mağlub etilişi klubni ligada qoliş uçun asosiy da’vogarlardan biriga aylantirdi.

E’tiborlisi, baquvvat homiyga ega «Surxon» sönggi uç yildirki elitada qoliş uçun kuraşib, sönggi pallada Superligada qoliş baxtiga muyassar bölmoqda. Termizliklarni oldinda «Qizilqum», «Bunyodkor», «Dinamo» va «Neftçi»ga qarşi öyinlar kutib turibdi. Janubliklar bu bahslardagi oçkolar evaziga turnir jadvalida yanada yuqorilaş imkoniyatiga ega böladi.
Sönggi 4 turdagi öyini:
23-tur: «Surxon» - «Qizilqum»
24-tur: «Bunyodkor» - «Surxon»
25-tur: «Surxon» - «Dinamo»
26-tur: «Neftçi» - «Surxon»
12. «Lokomotiv» - 20 oçko
Özbekistonning uç karra çempioni va kubogi sohibi «Lokomotiv»ning joriy mavsum ligada qoliş uçun kuraş olib borişini tasavvur qiliş qiyin edi. Ammo yil boşida bir qator tajribali öyinçilar bilan xayrlaşgan va jamoani yoşartiriş siyosati «temiryölçilar» foydasiga işlamadi. Murabbiylar qönimsizligi ham har qanday jamoaga öz ta’sirini ötkazmay qöymaydi. Qolaversa, jamoa sardori Kaxi Maxaradzening kelişilgan öyinlar böyiça mojaroli holatga aralaşib, futboldan çetlatilgani jamoani har tomonlama noqulay va oğir ahvolga soldi, desak mubolağa bölmaydi.
















