10:30 / 22.11.2017
11720

Hongkongda ushlangan model umrbod qamalishi mumkin

Foto: Globallookpress.com

Hongkong politsiyasi gretsiyalik 19 yoshli modelni hibsga oldi. Ma'lum bo‘lishicha, u chegara orqali 2,6 kg miqdorida kokain moddasini olib o‘tishga uringan. O‘ta kuchli ta'sir qiluvchi giyohvand modda modelning yelkaga osuvchi sumkasining yashirin tuynugida bo‘lgan. Bu haqda Law and Crime jurnali xabar qilmoqda.

Ta'kidlanishicha, gretsiyalik model qiz Hongkong bojxonasi tomonidan so‘nggi bir hafta ichida ushlangan to‘rtinchi kontrabandachi bo‘ldi. Avvalroq 2,5 kg kokainni olib kirishga uringan 52 yoshli ayol ushlangan edi. 

Endilikda, model ushbu jinoyat uchun umrbod qamalishi mumkin. 

Mavzuga oid
Top