10:48 / 02.01.2018
11891

Rossiya va Qozog‘iston temir yo‘l yo‘nalishlariga 45 foizgacha chegirmalar joriy etildi

Foto: O‘zbekiston temir yo‘llari

2018 yildan boshlab Rossiya va Qozog‘iston temiryo‘l yo‘nalishidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘lovchi reyslariga chegirmalar joriy qilindi. Bu haqda O‘zA “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” aksiyadorlik jamiyatiga tayangan holda xabar tarqatdi. 

2 yanvardan e'tiboran chiptalarning oldindan xarid qilish muddatiga qarab quyidagicha chegirmalar belgilandi: 

- agarda yo‘lovchi kupe va maxsus vagonlar uchun chiptani poyezdning jo‘nash kunidan 45-31 sutka oldin xarid qilsa, 45 foizlik chegirmaga ega bo‘ladi; 

- agarda yo‘lovchi kupe va maxsus vagonlar uchun chiptani poyezdning jo‘nash kunidan 30-6 sutka oldin xarid qilsa, 35 foizlik chegirma oladi; 

- agarda yo‘lovchi platskart vagonlar uchun chiptani poyezdning jo‘nash kunidan 45-31 sutka oldin xarid qilsa, 35 foizlik chegirma taqdim etiladi; 

- agarda yo‘lovchi platskart vagonlar uchun chiptani poyezdning jo‘nash kunidan 30-6 sutka oldin xarid qilsa, 35 foiz chegirma beriladi; 

- agarda yo‘lovchi chiptani poyezdning jo‘nash kunidan 5 sutka oldin va undan kamroq vaqt qolganda xarid qilsa, 5 foizlik ustama qo‘shilishi mumkin; 

Mazkur chegirmalar ichki yo‘nalishlar, shuningdek, uyushgan yo‘lovchilar guruhiga nisbatan tatbiq etilmaydi. 

Top