18:30 / 04.01.2018
12759

«Liverpul» Koutinoni sotishga rozi bo‘ldi

«Barselona» «Liverpul»dan Filippe Koutinoni yanvardayoq transfer qilish uchun harakatlarni davom ettirmoqda.

Goal ma'lumotiga ko‘ra, «Liverpul» «Barselona»ning futbolchi uchun 110 million yevro va 40 million yevrolik bonuslarni nazarda tutuvchi taklifini qabul qiladi. 

Ammo mersisaydliklar, bu transfer yozda amalga oshishini istamoqda, «Barselona» esa uni tez orada o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Xabar qilinishicha, braziliyalik havbek «Liverpul» murabbiyi Yurgen Klopp bilan gaplashgan va unga o‘tgan vaqt davomidagi hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirgan. U murabbiyiga Kataloniya klubidan taklifni rad eta olmasligini tushuntirgan.

Manbaning yozishicha, o‘tgan yilning dekabrida ham «Barselona» futbolchining agenti bilan bir necha marta uchrashgandi, o‘shanda futbolchi taklifga rozi bo‘lmagandi.

Top