8389.97 USD +11.93

9491.57 EUR +3.44

129.72 RUB +0.63

11082.3 GBP -51.27

15:11 / 18.01.2018 7673

Jurnalistlar Joze Mourinoga «tuzoq qo‘yishdi»

Foto: GiveMeSport

Britaniya telekanallaridan birida «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourinoga hazil qilishdi. 

Jurnalistlar portugaliyalik murabbiyga imzo qo‘yish uchun «MYu» futbolkasini tutqazishdi. Libosda esa, «Antonio Konte» ismi yozilgan edi. 

Ma'lumki, Joze Mourino va «Chelsi» murabbiyi o‘rtasida dahanaki janglar qariyb bir oydan beri davom etib kelmoqda. Bu jamoalar shuningdek, kuchli to‘rtlikka kirish uchun asosiy raqobatchi sanaladi. 

Joze Mourino bu hazilni to‘g‘ri tushungan va jiddiy reaksiya bildirmagan.

Top