8389.97 USD +11.93

9491.57 EUR +3.44

129.72 RUB +0.63

11082.3 GBP -51.27

12:10 / 20.01.2018 9637

AQSh federal hukumati o‘z ishini to‘xtatdi

Foto: AFP

AQSh federal hukumati bugun yarim tunda moliyalashtirish yo‘qligi tufayli o‘z ishini to‘xtatdi. Senatdagi demokratlar respublikachilarga bu boradagi qonun loyihasini qabul qilishga yo‘l berishmadi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Ayni damda senat yangi qonun loyihasi bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Oq uy demokratlarning senatdagi siyosatini “omadsizlar xatti-harakati” deb atadi. AQSh hukumat byudjyetsiz to‘laqonli faoliyat yurita olmaydigan kam sonli davlatlardan biri sanaladi.

Avvalroq, kongressning vakillar palatasi oktabrda boshlangan moliyaviy yil start olganidan beri to‘rtinchi vaqtinchalik byudjyetni qabul qilgandi – bu safar 18 fevralgacha.

Top