8389.97 USD +11.93

9491.57 EUR +3.44

129.72 RUB +0.63

11082.3 GBP -51.27

10:04 / 20.01.2018 5981

Qozog‘iston Donbass bo‘yicha muzokaralarni o‘tkazishga tayyorligini bildirdi 

Foto: Sergey Bobylev/TASS

Qozog‘iston Donbassdagi ixtilof tomonlari rozi bo‘lsa, Ostonada Donbass bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishga tayyor. Bu haqda 19 yanvarda Qozog‘istonning BMTdagi doimiy vakili Qayrat Umarov TASS axborot agentligining Ukrainadagi vaziyatni hal qilish bo‘yicha kelishuvlarni Minskdan boshqa yerga o‘tkazish imkoniyatiga izoh berish iltimosiga javoban aytdi.

Donbass bo‘yicha muzokaralarning Minskdan boshqa yerga ko‘chirilishi haqidagi masala Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuvi vaqtida ko‘tarilgan. Nazarboyevning aytishicha, uchrashuvda Minsk jarayoni joyidan siljimay qolgani va yangi jarayon kerakligi haqida so‘z ketgan. Nazarboyevning ta'kidlashicha, muzokaralarni Minskdan boshqa yerga ko‘chirish taklifini Tramp bildirgan.

Umarovning aytishicha, muzokaralarni ko‘chirish g‘oyasi “Minsk jarayoni bir joyda qotib qolgani sababli yuzaga kelgan. “Balki bu jarayonni yangidan boshlash kerakdir, buni Ostonada yoki muzokaralar ishtirokchilari uchun qulay bo‘ladigan istalgan boshqa joyda amalga oshirish mumkin. G‘oya boshi brek ko‘chadan chiqish, bu masala ilgari surilishga urinib ko‘rishdan iborat”, deb aytgan Umarov.

Umarov Ostona Ukraina bo‘yicha uchrashuvni tashkillashtirishga tayyorligi borasida aniqlashtiruvchi savolga barchasi muzokaralar ishtirokchilariga bog‘liq bo‘lishini aytgan. “Qanday qaror qabul qilinmasin, biz unga rozi bo‘lamiz. Agar ishtirokchilar kelishuvni Ostonada o‘tkazishni istasalar, prezidentimiz katta mamnuniyat bilan buni tashkkillashtiradi. Agar istamasalar, unda bu boshqa istalgan poytaxt bo‘lsin, biz bu masalada faqatgina ildamlashni ko‘rishni istaymiz”, deb qo‘shimcha qildi Umarov.

Top