Qozoğistonda mamlakatning sobiq içki işlar vaziri Yerlan Turğumbayev qölga olindi. Bu haqda 30 aprel, seşanba kuni ertalab Qozoğiston Respublikasi Boş prokuraturasi matbuot xizmati xabar berib, uşlaş 29 aprel kuni «2022 yil yanvar oyi voqealari böyiça jinoiy işlarni tergov qiliş doirasida» amalga oşirilganini bildirdi.

Aniqlanişiça, Turğumbayev oğir oqibatlarga olib kelgan hokimiyat va mansab vakolatlarini suiiste’mol qilganlikda gumonlanmoqda. Prokuratura «jinoyat işida davlat sirini taşkil etuvçi ma’lumotlar bor» deb, dastlabki tergovning boşqa ma’lumotlarini oşkor etmadi.

2022 yil yanvar oyida Qozoğistondagi namoyişlar

2022 yil boşida Qozoğiston janubi-ğarbidagi Janaözen şahrida gaz narxi oşişiga qarşi mitinglar boşlandi. Kök yonilği narxi oşişiga qarşi namoyişlar Janaözenni öz içiga olgan Manğistau viloyatining bir qança qişloqlarida ham bölib ötdi.

Namoyişlar tez orada butun mamlakat böylab iqtisodiy va siyosiy talablar bilan ommaviy norozilik namoyişlariga aylandi. Ba’zi viloyatlarda 5 yanvarga ötar keçasi ma’muriy binolar, politsiya bölimlari va dökonlarga hujumlar uyuştirildi. Qozoğistonning eng yirik şahri - Olmaota eng köp zarar kördi.

Rasmiy ma’lumotlarga köra, tartibsizliklar davomida 225 kişi, jumladan, 19 huquq-tartibot idorasi xodimi halok bölgan, 4500 dan ortiq kişi jarohatlangan. Birgina sobiq poytaxtning özida norozilik namoyişlari va tartibsizliklar böyiça 2700 dan ortiq odam qölga olingan. Prezident Qosim-Jömart Töqayev hukumatni iste’foga çiqardi va mamlakatda favqulodda holat e’lon qildi. 6 yanvar kuni uning iltimosiga köra, «terrorçilik tahdidini yengiş» uçun qurolli kontingent Qozoğistonga yetib keldi. Yanvar oyi örtalarida Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkiloti qöşinlari bölinmalari Qozoğistonni tark etdi.

Qozoğiston sobiq mudofaa vaziri Murat Bektanovga hukm

2023 yil martida Qozoğistonda sobiq mudofaa vaziri Murat Bektanovga nisbatan 2022 yil yanvaridagi qonli tartibsizliklar böyiça ayblov hukmi çiqarilgan edi. U jangovar vaziyatda mansab vakolatini suiiste’mol qilişda aybdor deb topilib, 12 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

2022 yilning 19 yanvarida Bektanov lavozimidan ozod etildi, bir oy ötib esa tartibsizliklar paytida harakatsizlikda gumon qilinib, vaqtinçalik hibsxonaga joylaştirildi.

MXQ sobiq rahbari Karim Masimovning qamalişi