Qozoğistonning sobiq içki işlar vaziri Yerlan Turğumbayev uşlanganining ertasiga sud qarori bilan hibsga olindi. Respublika Boş prokuraturasining 2 may, payşanba kuni e’lon qilingan hisobotida aytilişiça, 30 aprel kuni Ostona ixtisoslaştirilgan tergov sudi sobiq vazirga nisbatan ikki oy muddatga hibsga oliş tarzidagi ehtiyot çorasini qöllaşga ruxsat bergan.
Matbuot uçun xabarda qayd etilişiça, Turğumbayevning hibsga olinişiga oid boşqa ma’lumotlar Qozoğiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 201-moddasiga muvofiq oşkor etilmaydi, unda tergovga qadar suriştiruv ma’lumotlarini oçiqlaşga yöl qöyilmaydi.
Yerlan Turğumbayev 29 aprel kuni qölga olindi. Uşlaş «2022 yil yanvar oyi voqealari böyiça jinoiy işlarni tergov qiliş doirasida» amalga oşirilgan. Turğumbayev oğir oqibatlarga olib kelgan hokimiyat va mansab vakolatlarini suiiste’mol qilganlikda gumonlanmoqda. Prokuratura «jinoyat işida davlat sirini taşkil etuvçi ma’lumotlar bor» deb, dastlabki tergovning boşqa ma’lumotlarini oşkor etmadi.
Turğumbayev Qozoğiston Içki işlar vazirligini 2019 yil fevralidan boşqargan va yanvar voqealaridan köp ötmay – 2022 yilning 25 fevralida işdan böşatilgan edi. Keyin, taxminan, olti oy davomida, 2022 yil 17 avgustgaça u prezident Qosim-Jömart Töqayevning maslahatçisi, 2013 yildan esa - Şanxay hamkorlik taşkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (ŞHT MATT) maslahatçisi sifatida qayd etilgan.
2022 yil yanvar oyida Qozoğistondagi namoyişlar
2022 yil boşida Qozoğiston janubi-ğarbidagi Janaözen şahrida gaz narxi oşişiga qarşi mitinglar boşlandi. Namoyişlar tez orada butun mamlakat böylab iqtisodiy va siyosiy talablar bilan ommaviy norozilik namoyişlariga aylandi. Ba’zi viloyatlarda 5 yanvarga ötar keçasi ma’muriy binolar, politsiya bölimlari va dökonlarga hujumlar uyuştirildi. Qozoğistonning eng yirik şahri - Olmaota eng köp zarar kördi.
Rasmiy ma’lumotlarga köra, tartibsizliklar davomida 225 kişi, jumladan, 19 huquq-tartibot idorasi xodimi halok bölgan, 4500 dan ortiq kişi jarohatlangan. Birgina sobiq poytaxtning özida norozilik namoyişlari va tartibsizliklar böyiça 2700 dan ortiq odam qölga olingan. Prezident Qosim-Jömart Töqayev hukumatni iste’foga çiqardi va mamlakatda favqulodda holat e’lon qildi. 6 yanvar kuni uning iltimosiga köra, «terrorçilik tahdidini yengiş» uçun qurolli kontingent Qozoğistonga yetib keldi. Yanvar oyi örtalarida Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkiloti qöşinlari bölinmalari Qozoğistonni tark etdi.












