23:45 / 24.01.2018
47537
Musulmonlarni tanqid qilgan germaniyalik siyosatchi islom dinini qabul qildi
Foto: Wolfgang Rattay / Reuters

“Germaniya uchun muqobil” partiyasining a'zosi Artur Vagner partiyadagi rahbarlik lavozimidan ketib, islom dinini qabul qildi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi. 

Ta'kidlanishicha, Vagner musulmonlarga qarshi nutqlari bilan ma'lum bo‘lgan. Siyosatchi partiyaning Brandenburgdagi bo‘limi rahbari lavozimidan ketgan bo‘lsa-da, biroq bevosita partiya safini tark etmagan. 

“Janob Vagner 11 yanvarda o‘z istagi bilan iste'foga ketdi. Shundan keyingina, u islomni qabul qilgani ma'lum bo‘lgan”, deb aytdi partiya matbuot kotibi. 

Vagnerning o‘zi bunga izoh berishni istamagan.

Partiyada siyosatchining bu qaroriga vazminlik bilan munosabat bildirishgan va partiya din erkinligiga huquqni qo‘llab-quvvatlashi aytilgan. Shu bilan birga, partiyada islom Germaniya konstitutsiyasi me'yorlariga to‘g‘ri kelmasligi aytilgan. 

Top