Otaparvar davlat – Şvetsiyada otalar qanday qilib “dekret” ta’tiliga çiqadi?
|15:30 / 11.02.202415 72510 min
Şvetsiyada erkak yaxşi ota bölişi uçun heç bölmasa ma’lum muddat bolasining parvarişi uçun ta’til olişi kerak. Şuning uçun ham bola tuğilgaç uni parvarişlaş uçun ota-onalar ta’tilni bölişgan holda oladi. Davlat 390 kun davomida ular oladigan maoşning 80 foizini tölab beradi, keyin yana 90 kunlik ta’tilni kompensatsiya qiladi. Ta’til muddati uzoq bölgani uçun ham mamlakatda depressiya va çarçoq foizi kam.
Hozirgi davrda oilada er-xotinning har ikkalasi ham işlaşi odat tusiga kirgani sababli köp davlatlarda mehnat madaniyati ham şunga mos özgarib boryapti. Avvallari faqat ayollar bola parvarişi uçun işdan ta’tilga çiqqan bölsa, hozir rivojlangan davlatlar buni ota-ona birga amalga oşirişiga qöyib bermoqda. Ya’ni otalar ham bolasini katta qilişda iştirok etişi va ta’til olib uni ma’lum muddat parvarişlaşi mumkin. Davlat esa ularning işlamagan paytiga ham pul tölaydi.
Otalik ta’tiliga qaysi davlatlarda eng yaxşi tölanadi?
Ota-onalik ta’tili yangi tuğilgan çaqaloqni parvarişlaş uçun uning ona-onasiga haq tölaş yoki tölamaslik evaziga beriladigan ta’til hisoblanadi. Haq tölanadigan ota-onalik ta’tili beradigan top 5 ta davlat qatorida skandinavian mamlakatlarining bir neçtasi örin olgan, ularni bu borada eng saxiylari deyiş mumkin.
Röyxatda Litva, Yaponiya, Şvetsiya, Estoniya va Islandiya davlatlari bor. Litva otalarga maoşining 77,5 foizi tölanadigan 30 kunlik ta’til va yana 36 oylik ota yoki ona olişi mumkin bölgan ta’til beradi. Bunda bola tarbiyalaş uçun nafaqa birinçi yil iş haqining töliq qismini, keyingi 2 yilda 70 foizlik maoşni taşkil qiladi.
Foto: The Guardian
Yaponiyada esa faqat otalar uçun atalgan bir yillik ta’til bor. Ta’tilning dastlabki 180 kunida maoşning 67 foizi, qolgan kunlarida esa 50 foizi tölanadi. Bu onalarga beriladigan har qanday ta’tildan alohida sanaladi.
Estoniyada esa 2 haftalik 100 foiz maoş hisobida tölanadigan otalik ta’tili va 435 kunlik ota yoki ona olişi mumkin bölgan ta’til mavjud.
Ota-onalik uçun ideal bölgan yana bir davlat Şvetsiyadagi tizim haqida köproq töxtalamiz.
Şvetsiyada işlar qanday boşlangan?
Şvetsiyada bola parvarişi uçun beriladigan ota-onalik ta’tili tizimi işga tuşirilganiga 50 yil böldi. Bu davlatda onalik ta’tili emas, ota-onalik ta’tili beriladi va uni turli muddatlarda er-xotin bölişib olişi mumkin.
Mavzuga oid
Kell Sarnold 1970 yillarda öğli 8 oyligida otalik ta’tili oladi. Davlat tomonidan iş haqining 90 foizi qoplab beriladigan 4 haftalik ta’til sentabr oyiga töğri kelgan, ota bu vaqtni töliqligiça bolasi uçun sarflagandi.
Kell hozir nafaqada, u bundan 50 yil oldin bola parvarişi uçun ta’til olganidan köp ötmay 1974 yilda Şvetsiya dunyoda birinçi bölib davlat tomonidan moliyalaştiriladigan 180 kunlik ota-onalik ta’tilini joriy qiladi. Unga köra, ta’til muddati juftlik tomonidan istalgan körinişda taqsimlanişi mumkin. Şu yildan boşlab bu tizim qonun bilan belgilab qöyilgandan söng uni oladigan ota-onalar ham köpayadi.
Hozirgi kunda ta’til muddati ham uzaygan. Ota-onalar jami 480 kunlik ta’til olişlari mumkin. Bu muddatning dastlabki 390 kunida maoşlarining 80 foizi miqdorida pul tölanadi. Undan keyingi muddatda esa kunlik 16 dollar atrofida kompensatsiya berib boriladi. Bu tizim davlat moliyalaştiradigan planetadagi eng saxiy paketlardan biri hisoblanadi.
Bu ta’til qanday qilib amalga kiritiladi?
1960 va 70 yillarda global miqyosda ayollar huquqlarini himoya qiliş harakatlari ösgan, lekin bu harakat Şvetsiyada alohida amahiyatga ega böldi. Öşa muddatda sotsial demokratlardan çiqqan boş vazirlar, ayniqsa, Ulof Palm gender tengligini ta’minlaşga, mamlakatdagi ijtimoiy himoya tizimini yaxşilaşga va’da beradi va buning uçun soliqlardan foydalanişadi.
Stokholm universiteti tadqiqotçisi Ilva Mobergga köra, öşa muddatdan ota-onalik ta’tili joriy etilişidan ayollarning tezroq iş örinlariga qayta olişlariga imkon qilib beriş maqsadi bölgan.
Davlat imkoniyat bergani bilan odamlar örtasidagi ijtimoiy normalar birdaniga özgarmagan. 1974 yilda atigi 0,5 foiz ota bolasi uçun ta’til olgan. 1990 yillarga kelib ham bu statistika bir xonalik raqamdan iborat edi.
1995 yilda bu tizim "yurib ketişi" uçun har bir ota-ona uçun maxsus 30 kunlik ta’tillar e’lon qilinadi. "Xohlasang foydalan, xohlasang şunçaki foydalanmay ötkazib yubor" körinişidagi ta’tillarning muddati 2002 yilda 60 kunni, 2016 yilda esa 90 kunni taşkil qiladi. Şu yösinda borgan islohotlar sabab hozir Şvetsiyada otalarning 30 foizi bola parvarişi uçun ta’til oladi.
Qulaylikning yana bir tarafi ta’til muddatini er-xotin istalgan körinişda bölişişi mumkin. Har ikkovi ham bola maktabgaça ta’lim muassasasiga borişidan oldin 30 kunlik ta’til olişlari, bolasi to 4-12 yoş oraliğida bölgan muddatda esa 96 kunlik ta’tilga çiqişlari mumkin. Ularga, şuningdek, töliq bölmagan iş kunida işlaş huquqi ham beriladi.
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot taşkiloti ma’lumotlariga köra, Yevropa Ittifoqi hududida eng köp şved otalar bolalari uçun ta’til olişadi.
2023 yildagi tadqiqotga köra, Şvetsiyada 2017 yildan beri ota bölgan erkaklarning faqat 18 foizi özlariga beriladigan ta’tildan umuman foydalanmagan.
Mobergning fikriga köra, iş joylarida ham ta’til oladigan erkaklarga nisbatan munosabat özgargan. "Hozir yaxşi va zamonaviy ota böliş uçun heç bölmasa ta’til oliş kerak", deydi u.
Baxtliroq va soğlomroq
Ta’tilni bölişiş xonadonlardagi holatlarga ham ta’sir körsatdi, ham işxonalardagi madaniyatga sezilarli özgarişlar kiritdi.
Bola parvarişi ta’tilini bölişgan juftliklar, odatda, undan keyingi bolani boğçaga olib boriş va olib keliş, kasal bölib qolganda uyda olib qoliş kabi vazifalarni ham birga qilişadi.
Bu degani işda keçki payt qolib işlaş madaniyati yöqligini anglatadi. Zamonaviy kompaniyalar ota-onalar bolalarini boğçaga olib borişlariga noqulaylik tuğdirmaslik uçun ertalabki va keçki yiğilişlar taşkillaştirişdan qoçişadi.
Şvetsiyaning ota-onalik ta’tili tizimi iş-oila balansiga e’tibor qaratadigan xalqaro iste’dodlarni jalb qiliş uçun kompaniyalarning quroliga ham aylanib qoldi. Spotify va Volvo kabi kompaniyalar esa dunyo böylab barça xodimlariga taqsimlanadigan ota-onalik ta’tili berilişi haqida taniştirişdi.
Kompaniyalar ota-onalik ta’tilidan brend strategiyasi sifatida foydalanmoqda. Ota-onalik yoşidagi xodimlar esa buni juda qadrlaşadi. Boşqa davlatlarda işlaydigan şvedlar ham tizimdan foydalaniş uçun köp hollarda oila quriş payti mamlakatlariga qaytib kelişadi.
2023 yilda Stokholm universitetining Soğliqni saqlaş fanlari bölimi tadqiqotçilari ota-onalik ta’tilini uzaytirişning ruhiy salomatlik uçun foydalari haqida tadqiqot ötkazdilar. Unga köra, ota-onalik ta’tili muddati uzoq bölgan davlatlar, xususan, Şvetsiyada depressiya va çarçoq hissi kamroq ekanini aniqlaşdi. Şuningdek, Şvetsiyada otalik ta’tili olgan erkaklarning spirtli içimliklar iste’mol qiliş körsatkiçi ham pasaygani ma’lum böldi.
Hal bölmagan muammolar
Garçi Şvetsiyadagi tizim eng yaxşilaridan biri bölsa ham, uning ham öziga yaraşa kamçilik tomonlari ham bor. Masalan, hali ham 30 foiz erkaklar otalik ta’tiliga çiqsa, asosiy holatda (70 foiz) yuk ayollarning zimmasiga tuşadi. 50/50 bölişiş möljallangan tizim bu körinişda bölişilayotgani yöq.
Şuningdek, tadqiqotlarga köra, Şvetsiyadagi ma’lum qatlamlar: kam daromadli, işsiz, özini özi band qilgan va xorijlik erkaklar ta’tilga kamroq çiqişadi. Sababi ta’til payti daromadning 80 foizi qoplab berilganda ham ular uçun 20 foiz ham yöqotiş hisoblanadi.
Bundan taşqari, yana bir jihat töliq bölmagan iş kunida işlaş variantini köproq ayollar tanlaşi bilan boğliq. Ular uy yumuşlariga va bolalarga qaraşga, kasal bölib qolganda ğamxörlik qilişga erkaklarga qaraganda köproq vaqt ajratadi va bu ularning oylik maoşlari oşişiga ta’sir körsatadi.
Hozir Şvetsiyada ayol va erkak xodimlarga soatiga tölanadigan iş haqi örtasidagi farq 11,2 foizni taşkil qiladi, bu Yevropa Ittifoqidagi 12,7 foizlik körsatkiçdan pastroq. Lekin örtadagi farq 5 foiz bölgan Belgiya, Sloveniya va Italiya kabi davlatlarnikidan yuqori.
Iyul oyidan boşlab ota-onalar bola to 15 oylik bölgunça bir vaqtning özida 60 kunlik ta’til oliş imkoniga ega bölişadi. Umumiy ta’tildan 90 kunlik muddatni boşqa qarindoşlariga beriş imkoni ham böladi. Buning bilan yaqin qarindoşlar ham bola parvarişiga jalb etilişi mumkin. Lekin bolaga qaraşni qarindoşlarga işoniş mumkinligi tanqidlarga ham sabab bölyapti.
Gender tengligi va bola parvarişini teng taqsimlaşga qaratilgan tizimga erişişga qaratilgan Şvetsiya siyosati köp davlatlarga namuna bölişi mumkin. Har holda bularga erişiş avtomatik sodir böladigan jarayon emas. Xuddi Şvetsiyadagi kabi rağbatlantiriş tizimini yaratiş natijani tezlaştirişi mumkin.
Ma’lumot uçun: Özbekistonda ham erkaklar bola parvarişi ta’tili olişlari mumkin. Mehnat kodeksining 405-moddasiga köra, homiladorlik va tuğiş ta’tili tugaganidan keyin, ayolning xohişiga köra, unga bolasi ikki yoşga tölguniga qadar bolani parvarişlaş ta’tili berilib, bu davr uçun Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda nafaqa tölanadi. (Bola uçun nafaqa istalgan farzandli oilalarga tölanmaydi, bunda oilaning daromadlari hisobga olinadi). Bolani parvarişlaş ta’tillaridan bolaning otasi, buvisi, buvasi yoki bolani haqiqatda parvarişlayotgan boşqa qarindoşlari ham, şuningdek vasiysi ham töliq yoki qismlarga bölib foydalanişi mumkin.
Bu degani Özbekistonda nafaqat ota, balki bobo va buvilar yoki qarindoşlar ham bola parvarişi ta’tili olişlari mumkin.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi