Jahon | 09:40 / 01.11.2020
102487
2 daqiqa o‘qiladi

Men karikaturalarni qo‘llab-quvvatlaganim yo‘q - Makron o‘zini noto‘g‘ri tushunishgani haqida gapirdi

Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron Fransiya hukumatining 2015 yilda Charlie Hebdo jurnalida chop etilgan payg‘ambar karikaturalariga hech qanday aloqasi yo‘qligini va musulmonlarning bunday karikaturalar sababli kechirayotgan his-tuyg‘ularini tushunishini aytdi. U bu haqda Al Jazeera telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi. 

Foto: Reuters

Siyosatchining ta'kidlashicha, bu karikaturalarni Fransiya hukumatiga aloqasi bo‘lmagan mustaqil nashr chop etgan. “Bu hukumat loyihasi emas”, deb ta'kidlab o‘tgan Makron.

Fransiya prezidenti musulmonlarning payg‘ambarga qilingan karikaturalardan g‘azabga tushayotganlarini tushunishini va islom olamida Fransiyaga qarshi o‘tayotgan noroziliklar Parij yaqinida sodir etilgan teraktdan keyin aytgan so‘zlari noto‘g‘ri talqin etilgani sababli boshlanganini aytgan. “Odamlar buni go‘yoki men bu rasmlarni qo‘llab-quvvatlashimdek tushunishdi, biroq bunday emas”, deb aytgan Fransiya prezidenti.

“Men bunday his-tuyg‘ularni tushunaman va hurmat qilaman. Biroq mening rolim nimadan iboratligini tushunishingiz kerak. U ikkita narsani ta'minlashi kerak: tartibni va hukuqlar himoyasini”, deb aytgan Makron va Fransiyada “erkin gapirish, yozish, fikrlash, rasm chizish” huquqini doim himoya qilishini qo‘shimcha qilgan.

16 oktyabrda Parij yaqinidagi Koflan-Sent-Orion shahri kollejlaridan biri o‘qituvchisi, o‘z o‘quvchilariga Muhammad alayhissalom karikaturalarini namoyish qilgan Samuel Pati o‘ldirilgandi. Uni o‘ldirishda chechen millatiga mansub 19 yoshli Abdulloh Anzorov gumon qilinmoqda. Anzorov tvitterda o‘qituvchini payg‘ambarni haqoratlagani uchun “qatl etgani” haqida xabar qoldirgan. 

Makron ushbu qotillikni “islom terrorchiligiga xos xatti-harakat” deb atagandi. Fransiya prezidenti undan avvalroq, oktyabr oyi boshidagi ma'ruzasida “islom dini dunyo bo‘ylab inqiroz holatini boshdan kechirmoqda” deya ta'kidlagandi. Ammo payg‘ambar Muhammad alayhissalomning karikaturasi chizilganini so‘z erkinligi deb hisoblashi ko‘plab davlatlarda musulmonlar g‘azabiga sabab bo‘ldi.

Mavzuga oid