18:00 / 25.01.2018
70100

O‘FA prezidentining futboldagi muammolar haqida keskin va ochiq gaplari (to‘liq audio)

25 yanvar kuni Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida O‘zbekiston futbol federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot saylov konferensiyasi tashkil etildi. Konferentsiyada birinchi navbatda O‘zbekiston futbol federatsiyasi huquqiy shaklini futbol assotsiatsiyasiga o‘zgartirish masalasi ko‘rib chiqildi. 

Shundan so‘ng assotsiatsiyaga yangi prezidenti saylash marosimi o‘tkazildi. Avvalroq Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti etib saylangan Umid Ahmadjonov vakolatlarini topshirdi va uning o‘rniga Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari, «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ boshqaruv raisi Ochilboy Ramatov assotsiatsiya prezidenti etib saylandi.

Ochilboy Ramatov yangi lavozimga tayinlangach, ilk marta nutq so‘zladi. Nutq davomida Ramatov futboldagi barcha qing‘irliklar, muammolar haqida ochiqcha gapirdi. Quyida Ramatovning so‘zlagan nutqini tinglash mumkin.

Top