19:00 / 08.02.2018
18911
Xitoyda yer o‘pirilishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi (video)
Foto: AFP

Xitoyning janubidagi Foshan shahrida metro stansiyasi qurilayotgan joyda yer o‘pirilishi yuz berdi. Voqea shaharning asosiy magistrallaridan birida yuz bergan. O‘pirilishga yo‘l tagidan metro tunneli qazilishi sabab bo‘lgan. 

Magistralning bir qismi tunnel qaziyotgan quruvchilar ustiga qulagan. Oqibatda 8 kishi halok bo‘lgan, 3 kishi bedarak yo‘qolgan, 9 kishi jarohat olgan. Fojia joyida ikkita basketbol maydonidek keladigan, chuqurligi 7 metrlik jarlik yuzaga kelgan.

Top