Join KUN.UZ Telegram kanaliga qo‘shiling va eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling! A'zo bo'lish
x
Bojxona qo'mitasi rahbari ishdan ketdi
19:20 / 13.02.2018
94859

O'zbekiston Davlat bojxona qo'mitasi raisi Muidjon Tohiriy ishdan olindi. Bu ma`lumot «KUN.UZ» manbasi tomonidan tasdiqlandi.

Ma`lum qilinishicha, endilikda qo'mitaga Bosh prokuror o'rinbosari, general-mayor Murotjon Berdialiyevich Azimov yangi rais etib tayinlangan. Buxoro viloyatining sobiq prokurori bo'lgan Murotjon Azimov 2016 yilning sentabrida O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga o'rinbosar etib tayinlangandi.

Ko'p yillar davomida O'zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov xavfsizlik xizmatiga rahbarlik qilgan Muidjon Tohiriy 2016 yilning dekabrida Zohid Abduqayumovich Do'sanov o'rniga Bojxona qo'mitasi raisiga aylangandi.

Uning iste`fosi sababi va keyingi ish joyi hozircha ma`lum emas.

Bundan avvalroq OAVda Bojxona qo'mitasida keng ko'lamli tekshiruv o'tkazilayotgani haqida ma`lum bo'lgandi.

Top