Vazirlar Mahkamasining “Davlat bojxona qömitasi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Nizomga köra, Davlat bojxona qömitasi davlat bojxona xizmati organlari tizimining samarali faoliyat körsatişini ta'minlovçi, bojxona töğrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilişini, davlatning iqtisodiy manfaatlari va xavfsizligi himoya qilinişini ta'minlaş sohasidagi nazorat böyiça davlat boşqaruvi organi hisoblanadi.
Davlat bojxona qömitasi Vazirlar Mahkamasiga böysunadi. Davlat bojxona qömitasi, Davlat bojxona qömitasining Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar, Toşkent şahar böyiça boşqarmalari, «Toşkent-AERO» ixtisoslaştirilgan bojxona kompleksi, bojxona postlari, Bojxona instituti, Markaziy bojxona laboratoriyasi, şuningdek Milliy kinologiya markazi huquqni muhofaza qiluvçi organlardir.
Davlat bojxona qömitasi tizimiga quyidagilar kiradi:
- Davlat bojxona qömitasi markaziy apparati;
- Davlat bojxona qömitasining Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar, Toşkent şahar böyiça boşqarmalari;
- «Toşkent-AERO» ixtisoslaştirilgan bojxona kompleksi;
- bojxona postlari;
- Bojxona instituti;
- Markaziy bojxona laboratoriyasi;
- Milliy kinologiya markazi.
Davlat bojxona qömitasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- jismoniy va yuridik şaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonun bilan muhofaza etiladigan manfaatlarini himoya qiliş;
- öz vakolati doirasida Özbekiston iqtisodiy manfaatlarini himoya qiliş va uning iqtisodiy xavfsizligini ta'minlaş;
- bojxona nazorati va rasmiylaştiruvini amalga oşiriş;
- bojxona tölovlarini undiriş;
- bojxona töğrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilişi ustidan nazoratni amalga oşiriş, qonun hujjatlari buzilişlarining, şu jumladan kontrabandaning oldini oliş, ularni aniqlaş va ularga çek qöyiş;
- öz vakolatlari doirasida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştirişga, terrorizmni moliyalaştirişga va ommaviy qirğin qurolini tarqatişni moliyalaştirişga qarşi kuraşiş böyiça çora-tadbirlarni işlab çiqiş va amalga oşirişda iştirok etiş;

















