Vazirlar Mahkamasi, Soğliqni saqlaş vazirligi, Davlat bojxona qömitasi va Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantiriş agentligining “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylari hamda Uruş va mehnat faxriylari uçun respublika pansionatini (tibbiy-ijtimoiy muassasalar) Davlat bojxona qömitasiga biriktiriş töğrisidagi taklifiga rozilik beriladi.
Belgilanişiça, Davlat bojxona qömitasi:
- tibbiy-ijtimoiy muassasalarda vasiylikka olingan keksalar va nogironligi bölgan şaxslarga tibbiy-ijtimoiy xizmat körsatiş samaradorligini oşirişga qaratilgan zamonaviy uslub va ijtimoiy texnologiyalarni tatbiq etişda;
- tibbiy-ijtimoiy muassasalar moddiy-texnik bazasini mustahkamlaşda, ular infratuzilmasini yaxşilaşda hamda nogironligi bölgan şaxslarni tibbiy yordam va zarur dori vositalari bilan ta’minlaşda;
- tibbiy-ijtimoiy muassasalarda vasiylikka olingan keksalar va nogironligi bölgan şaxslar uçun qulay şart-şaroitlar yaratişda, ularni protez-ortopediya moslamalari hamda reabilitatsiya qiliş texnik va gigiyenik vositalari bilan ta’minlaşda;
- tibbiy-ijtimoiy muassasalarda vasiylikka olingan nogironligi bölgan şaxslarni ijtimoiy moslaştiriş va ularga öz qiziqişlaridan kelib çiqib kasb-hunar örgatiş böyiça zarur şaroitlarni yaratişda;
- tibbiy-ijtimoiy muassasalarda vasiylikka olingan keksalar va nogironligi bölgan şaxslar böş vaqtini mazmunli taşkil etiş hamda intellektual, jismoniy va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirişda;
- tibbiy-ijtimoiy muassasalarda vasiylikka olingan şaxslar uçun ma’naviy-ma’rifiy va madaniy tadbirlarni, şu jumladan konsert dasturlarini taşkil etiş orqali ularni madaniy hayotdagi faol iştirokini ta’minlaşda Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantiriş agentligiga doimiy ravişda kömaklaşadi.
Tibbiy-ijtimoiy muassasalarda keksalar va nogironligi bölgan şaxslarni ijtimoiy moslaştiriş va ularga öz qiziqişlaridan kelib çiqib kasb-hunar örgatiş uçun öquv ustaxonalar taşkil etiladi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi har yili kamida ikki marotaba tibbiy-ijtimoiy muassasalarda vasiylikka olingan keksalar va nogironligi bölgan şaxslar uçun oşpazlik, qandolatçilik, sartaroşlik, tikuvçilik va ular qiziqişlaridan kelib çiqqan holda boşqa mos yönalişlar böyiça qisqa muddatli bepul kurslarni taşkil etadi.
Tibbiy-ijtimoiy muassasalarda taşkil etilgan öquv ustaxonalar Bandlikka kömaklaşiş davlat jamğarmasi mablağlari hisobidan jihozlanadi.
















