Nohaq jinoiy javobgarlikka tortilgan bojxona xizmati kapitani Şuhrat Hayitov özini oqlaş va işga qayta tiklaniş uçun umrining 10 yilini sarf qildi. Bojxona qömitasi esa negadir sud qarorini bajarmay, turli bahonalar bilan uning köksidan itarişda davom etmoqda. 

Şuhrat Hayitov bojxona tizimida turli lavozimlarda işlab kelgan. 2006 yil dekabr oyida u Buxoro viloyati “Olot” bojxona nazoratini ötkaziş kompleksi tezkor guruhi katta inspektori lavozimiga tayinlangan. 2012 yil iyun oyida MXX Buxoro viloyati boşqarmasining xatida körsatilgan holat böyiça xizmat tekşiruvi ötkaziladi va Şuhrat Hayitov Bojxona qömitasi buyruği bilan işdan olinib, Qurolli Kuçlar zaxirasiga böşatiladi.

Bu bojxona xizmati kapitanining boşiga tuşgan körguliklarning avvali edi: Harbiy sudning 2012 yil 18 dekabrdagi hukmi bilan u Jinoyat kodeksining 182-moddasi (bojxona töğrisidagi qonunçilikni buziş) 2-qismi “a,v,g” bandlari hamda 210-moddasi (pora oliş) 3-qismi “v” bandi bilan aybdor deb topiladi va jinoiy javobgarlikka tortiladi. Şuhrat Hayitovga sud hukmi bilan 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida işlaş huquqidan hamda 5 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etiş jazosi tayinlangan. Şuningdek, uning bojxona xizmati kapitani unvoni olib qöyiladi.

Harbiy sud kassatsiya instansiyasining 2016 yil 23 avgustdagi ajrimi bilan hukmning unga oid qismi özgartirilib, qayta kvalifikatsiya qilinadi, tayinlangan jazolar esa asliça qoldiriladi. Oliy sud jinoyat işlari böyiça sudlov hay’atining 2019 yil 23 maydagi ajrimi bilan kassatsiya instansiya ajrimi bekor qilinadi va jinoyat işi qayta köriş uçun yuboriladi. Nihoyat, Harbiy sudning 2019 yil 10 sentabrdagi ajrimi bilan jinoyat işining Şuhrat Hayitovga oid qismi bekor qilinadi. Ya’ni, sodir etilgan jinoyatga uning daxli yöq, deb topiladi.

Özini oqlaş uçun 7 yil harakat qilgan bojxonaçi şu kabi jarayonni yana qayta boşdan keçirmoqda. Bunga esa Bojxona qömitasining adolatsizligi sabab bölyapti.

Gap şundaki, Şuhrat Hayitov oqlangaç, işini tiklaş uçun qömitaga murojaat qiladi. Rad javobini olgaç, sudga da’vo arizasi kiritadi. 2020 yil 17 mart kuni işni körib çiqqan fuqarolik işlari böyiça Uçtepa tumanlararo sudi uni “Olot” bojxona nazoratini ötkaziş kompleksi tezkor guruhi katta inspektori lavozimiga işga tiklaş böyiça hal qiluv qarori çiqargan. Toşkent şahar sudi apellyatsiya instansiyasining 2020 yil 6 noyabrdagi ajrimi bilan birinçi sud qarori bekor qilinib, da’vo talablarini rad etiş haqida yangi hal qiluv qarori qabul qilingan. Oliy sud fuqarolik işlari böyiça sudlov hay’atining 2021 yil oktyabr oyidagi ajrimi bilan esa Şuhrat Hayitovning işga tiklaş haqidagi da’vo talabi qanoatlantiriladi va uni işga tiklaş haqidagi dastlabki hal qiluv qarori kuçida qoldiriladi.

Mana, şunga ham qariyb 1 yil muddat ötyapti. Ammo Bojxona qömitasi sud qarorini oçiqçasiga bajarmasdan kelmoqda. Qömitaning bu harakati qonunbuzarlik hisoblanadi. Jumladan, “Sud hujjatlari va boşqa organlar hujjatlarini ijro etiş töğrisida”gi qonunning 5-moddasiga köra, fuqarolik işlari va iqtisodiy nizolar böyiça sudlarning hal qiluv qarorlari, ajrimlari va qarorlari ijro etilişi lozim bölgan sud hujjatlari turiga kiradi. Uşbu qonunning 30-moddasiga köra, ijro hujjatlarining qonunga xilof ravişda mehnat şartnomasi bekor qilingan xodimni işga tiklaş töğrisidagi talablari darhol ijro etilişi kerak.

Kun.uz Bojxona qömitasi bilan boğlanib, holat yuzasidan izoh oldi. Qömitaning jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar bölimi rahbari Husan Tangriyevga köra, bu masaladan rahbariyatning xabari bor, ayni kunlarda yangi buyruq imzoga olib kirilişi arafasida va masala tez orada ijobiy hal qilinadi. Qöşimça qilinişiça, Şuhrat Hayitovning işga tiklanişi Qömita huzuridagi oliygoh bitiruvçilarini iş bilan ta’minlaş davriga töğri kelib qolgan va vakant iş örinlari muammosi sabab çözilib ketgan.

Ammo Qömita munosabatiga işonmagan Şuhrat Hayitov “Qömita bu borada yolğon ma’lumot bermoqda. Boisi, sud hal qiluv qarori çiqqaniga ham 10 oy böldi va bu davr içida qarorni ijro etmaslik uçun şu kabi önlab bahonalar qilinmoqda, men ularning xeç biriga işonmayman”, deydi.

E’tiborlisi, bu Bojxona qömitasi xodimlarni işga tiklaş haqidagi sud qarorlarini ijro etmasligi bilan boğliq birinçi holat emas. Kun.uz avval ham şunga öxşaş holatlar haqida suriştiruvlar ötkazgandi

Umid qilamizki, bu idoraga ham qonunlar mavjudligini eslatib qöyadigan boşqa bir idora topiladi.

Ruslan Saburov,
Kun.uz muxbiri