20:25 / 22.02.2018
20891

Peterburgda terakt ijro etishni rejalashtirgan markaziy osiyolik migrantlar ushlandi

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FSB) boshqarmasi xodimlari Sankt-Peterburg va Leningrad oblastida o‘tkazilgan reydlar davomida kelib chiqishiga ko‘ra Markaziy Osiyodan bo‘lgan 4 kishini ushladi. Boshqarma matbuot xizmatiga asoslanib RIA Novosti agentligi tarqatgan xabarga ko‘ra, bu shaxslar Peterburgda teraktlar sodir etishga tayyorlangan.

«22 fevral kuni FSB Sankt-Peterburgda Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan migrantlarni qo‘lga oldi, ular shahardagi transport infratuzilmalari obektlarida va kishilar ko‘p to‘planadigan boshqa joylarda terrorchilik aktlari sodir etishni rejalashtirgandi», — deyilgan xabarda.

Ayni vaqtda zarur operativ-qidiruv tadbirlari va tergov jarayoni olib borilmoqda. Hozircha tergov manfaatlari tufayli qo‘lga olinganlarning shaxsi ma'lum qilinmayapti.

Mavzuga oid
Top