22:00 / 24.02.2018
11002

APL. «Liverpul» yirik hisobda g‘alaba qozonib, ikkinchi o‘ringa chiqib oldi va boshqa natijalar

Foto: Twitter/@liverpool

Angliya Premer-Ligasining 28-turida «Liverpul» o‘z maydonida «Vest Hem»ni qabul qildi.

O‘yinda mezbonlar katta ustunlikka ega bo‘lib, raqib darvozasiga 4ta gol yo‘lladilar. Mehmonlar bunga atigi 1 gol bilan javob qaytarishdi. G‘oliblar safidagi gollar Jon, Saloh, Firmino va Mane hisobiga yozildi. «Vest Hem»ning yagona golini Antonio urdi.

Bu natijadan so‘ng, «Liverpul» 57 ochko to‘plab, 2-o‘rinda boryapti. «Vest Hem» 30 ochko bilan 13-o‘rinni egallab turibdi.

APL, 28-tur
24 fevral

Liverpul – Vest Hem - 4:1 (1:0, 3:1)
Gollar: 
1:0 – 29 Jon, 2:0 – 51 Saloh, 3:0 – 57 Firmino, 3:1 – 59 Antonio, 4:1 – 77 Mane. 
Liverpul – Karius, Matip, Robertson, Aleksander-Arnold, van Deyk, Firmino (Lallana, 82), Oksleyd-Chemberlen, Saloh (Solanke, 87), Milner, Mane (Moreno, 87), Jon.
Vest Hem – Adrian, Ogbonna, Kressuell, Evra, Kollinz, Nobl, Joau Mariu (Rays, 83), Lansini (Antonio, 58), Kuyate, Arnautovich (Ernandes, 83), Sabaleta.
Ogohlantirishlar: Kollinz (43), Kuyate (47).

Vest Bromvich – Haddersfild - 1:2 (0:0, 1:2)
Gollar
: 0:1 – 48 van La Parra, 0:2 – 56 Mune, 1:2 – 64 Douson. 

Byornli – Sauthempton - 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar:
1:0 – 67 Barns, 1:1 – 90 Gabbyadini. 

Bornmut – Nyukasl - 2:2 (0:2, 2:0)
Gollar:
0:1 – 17 Geyl, 0:2 – 45 Geyl, 1:2 – 80 Smit, 2:2 – 89 Gosling. 

Brayton – Suonsi - 4:1 (1:0, 3:1)
Gollar:
1:0 – 18, penalti Myurrey, 2:0 – 69 Myurrey, 3:0 – 73 Knokert, 3:1 – 85, avtogol Dank, 4:1 – 90 Lokadiya.

Top