21:00 / 25.02.2018
49262

Yerga kuchli magnit bo‘roni kelishi kutilmoqda

Foto: Depositphotos

AQShning okean va atmosfera tadqiqotlari milliy boshqarmasi mutaxassislari 26 fevral kuni Yerga quyosh shamolining yuqori tezlikda harakatlanuvchi oqimi yetib kelishi mumkinligini prognoz qilishmoqda. 

Shu sababli ob-havoga ta'sirchan odamlarga o‘z salomatliklariga e'tiborliroq bo‘lish tavsiya qilindi.

Ta'kidlanishicha, quyosh shamoli yetib kelganda qutb osmonida yorqin yog‘dularni kuzatish mumkin bo‘ladi.

Yerda oxirgi marta 19 fevralda kuchsiz magnit bo‘roni qayd qilingandi. Ushbu tabiiy hodisa 5 balli shkala bo‘yicha 1-darajali, ya'ni minimal darajadagi magnit bo‘roni sifatida baholangan. 

Mavzuga oid
Top