15:41 / 08.03.2018
15804

Yevropa AQShga o‘z kuchini ko‘rsatib qo‘yishi kerak - Fransiya

Foto: Reuters

Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Iv Le Drian Yevroittifoqni AQShning po‘lat va alyuminiyga boj joriy etish bo‘yicha rejalariga nisbatan qat'iylik ko‘rsatishga chaqirdi. Bu haqda Reuters xabar qilmoqda.

«Yevropa o‘z kuchini ko‘rsatib qo‘yishi kerak. U qat'iy pozitsiyada turishi lozim», - deya aytib o‘tdi vazir.

Avvalroq, Avstriya kansleri Sebastyan Kurts AQShning Yevroittifoqdan po‘lat va alyuminiy importiga boj joriy etish bo‘yicha rejalarini tanqid ostiga olib, ularni «ahmoqgarchilik» deb atagandi.

AQSh prezidenti Donald Tramp 1 mart kuni po‘lat va alyuminiy importiga mos ravishda 25 hamda 10 foiz miqdorida boj joriy etilishi haqida ma'lum qilgandi.

Top