AQŞ prezidenti Donald Tramp pölat va alyuminiyga 25 hamda 10 foizlik miqdorda boj joriy etilişi haqida ma'lum qildi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.
«Men pölatga 25 foiz va alyuminiyga 10 foizlik miqdorda boj joriy etiş haqida qaror qabul qildim. Bu bojlar uzoq vaqt davomida amal qiladi», - deya aytib ötdi Tramp.
Şuningdek uning ta'kidlaşiça, tegişli çoralar kelasi hafta qabul qilinadi.
«Bizning pölat quyiş va alyuminiy sanoat (şuningdek, boşqa köplab sohalar ham) ön yillab vaqt davomida savdoning adolatsiz şartlari va köplab mamlakatlar bilan yaxşi öylanmagan siyosat (savdo munosabatlari) tufayli yöq qilib kelindi», - deya öz qaroriga izoh bergan Tramp tvitterda.
Uning sözlariga köra, AQŞ «mamlakat, kompaniyalar va işçilardan bundan keyin ham foydalanişlariga» yöl qöymasligi şart.







