10:48 / 21.03.2018
8695

«Ko‘rfaz» qudratli narkokarteli yetakchisi M-28 ushlandi

Foto: REUTERS/Jorge Dan Lopez

Meksikada «Ko‘rfaz» qudratli narkokarteli yetakchilaridan biri M-28 laqabli Luis Alberto Blanko Flores qo‘lga olindi. Bu haqda Universal portali xabar bermoqda.

Politsiyaning fikricha, u kartelda yetakchilik uchun kurashayotgan uch shaxsdan biri sanaladi.

2017 yilda Meksikaning Tamaulipas shtati hukumati uning uchun 2 mln peso (110 ming dollar)lik mukofot belgilagan.

M-28 Keretaro shtatida o‘tkazilgan politsiya maxsus amaliyoti davomida qo‘lga olindi.

Ma'lumot uchun, «Ko‘rfaz» karteli Meksikaning qator shtatlari - Verakrus, Nuevo-Leon, Tamaulipasda faoliyat olib boradi. M-28 ushbu shtatlarda ro‘y bergan qotilliklar va zo‘ravonlik holatlarining tashkilotchilaridan biri sanaladi. «Ko‘rfaz» to‘dasi AQShga giyohvand moddalar yetkazib berish bilan ham shug‘ullanadi.

Mavzuga oid
Top