09:24 / 24.03.2018
11644

Xitoy AQSh bilan savdo urushiga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Foto: Alexander F. Yuan/Reuters

XXRning moliya va iqtisodiyot bo‘yicha yetakchi kichik guruhi kotibiyati rahbari Lyu Xening ma'lum qilishicha, AQSh tomonidan alyuminiy hamda po‘latga joriy etilgan import bojlari xalqaro savdo qoidalarini buzadi va Xitoy o‘z manfaatlarini himoya qilishga tayyor. Bu haqda Reuters «Sinxua» agentligiga asosan xabar bermoqda.

Bu haqda Lyu Xe AQSh moliya vaziri Stiven Mnuchin bilan telefon muloqoti vaqtida aytib o‘tgan. Shuningdek, xitoylik siyosatchining umid bildirishicha, tomonlar «ratsional» munosabatlarni saqlab qoladi va ikki tomonlama barqaror savdo munosabatlarini saqlab qolish bo‘yicha qo‘shma ishlarni davom ettiradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Si Jinping Xitoyni parchalab tashlashga bo‘lgan harakatlar haqida gapirgandi.

Top