10:53 / 24.03.2018
19416

Qayta tiklangan «Surxon» bir qator mashhur futbolchilar bilan shartnoma tuzdi

Termizning «Surxon» jamoasi yangi mavsum oldidan bir qator yangi futbolchilar va murabbiylar bilan shartnoma imzoladi. 

Bir necha yildan buyon deyarli faoliyat ko‘rsatmay qo‘ygan klub joriy mavsum oldidan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga binoan «O‘zbekgidroenergo» aksiyadorlik jamiyati homiyligiga o‘tkazildi va natijada jamoa bir qator e'tiborli futbolchilarni tarkibga jalb qildi.

Foto: «Surxon» jamoasi matbuot xizmati

O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi bilan Osiyo chempionligini qo‘lga kiritgan Dilshod Nuraliyev bundan buyog‘iga jamoa bosh murabbiyi sifatida ishlaydigan bo‘ldi. O‘z vaqtida «To‘palang» jamoasi rahbari bo‘lgani Abdug‘ani Sanginov endilikda «Surxon»ga xuddi shunday lavozimga tayinlandi.

Termiz davlat universiteti majlislar zalida bo‘lib o‘tgan tanishtiruv marosimida jamoaning yangi a'zolari Bahriddin Vahobov, Farhod Tojiyev va Islom Inomov tanishtirib o‘tildi. Tadbirda viloyat hokimi Erkinjon Turdimov ham ishtirok etdi.

Foto: «Surxon» jamoasi matbuot xizmati

O‘z navbatida jamoa rahbari Sanginov klub oldiga qo‘yilgan asosiy maqsad kelgusi mavsumda superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritish ekanini alohida ta'kidlab o‘tdi.

Foto: «Surxon» jamoasi matbuot xizmati
Top