«Bugun «Neftçi» va «Metallurg» haqiqiy erkakça futbol öynadi, uçinçi klub esa ğururi bölsa 5-6 futbolçisini Toşkentda qoldirib kelaverişi kerak, sönggi turda yoşlar öynagani yaxşiroq», - deya yozdi PFL boş direktori Diyor Imomxöjayev «Qizilqum»ning çempionlik uçun kuraş olib borayotgan «Paxtakor»dan uçralgan 0:6 hisobidagi mağlubiyatidan söng.
PFL boş direktorining «Qizilqum» safidagi bir qator tajribali öyinçilarni nazarda tutib, «uçinçi klub ğururi bölsa 5-6 futbolçisini Toşkentda qoldirib kelaverişi kerak», deya aytgan fikri faqat Toşkentdagi xatolari uçun emas, ikki tur avval Olmaliqda «Surxon»ga qarşi bahsdagi şubhali mağlubiyati uçun ham atalgan bölsa, ajabmas.
Sönggi ikki safar öyinida Olmaliq va Toşkentdagi mağlubiyatlardan söng «Qizilqum» boş murabbiyi Nikola Lazareviç ham jamoasi oldida ojiz qolganini uning matbuot anjumanida yangragan uşbu sözlari tasdiqlaydi:
«Futbolçilarning öz vazifalari bor, yigitlar tajribali. Ammo bir narsani aytiş kerakki, bu jamoani men yiğmaganman. Agar jamoani özim yiğganimda boşqa gap edi».

Bu bilan Lazareviçning «Surxon» va «Paxtakor» öyinidan keyin qöl ostidagi futbolçilarga işonçi qolmaganini seziş qiyin emas. «Qizilqum» ijrosidagi sönggi ikki safardagi öyinda aksariyat futbolçilarning şubhali harakati muxlis va mutaxasssislarda bölgani kabi jamoa içida bölgan xorijlik boş murabbiyning özida ham şubha uyğotgani tabiiy.
Lazareviçning fikrlariga qöşilmay iloj yöq – «Qizilqum» tarkibini yil boşida u emas, hozirda «Surxon» boş menejyeri sifatida işlayotgan Hamidjon Aktamov şakllantirgan. Uzoq yillar «Qizilqum»ni boşqargan mutaxassis taklif etgan ayrim öyinçilar aynan uning amaldagi jamoasiga qarşi bahsda kulgili xatolarga yöl qöygani turli savollarni tuğdirişi tabiiy.
Xususan, «Surxon» - «Qizilqum» (2:0) uçraşuvidagi penaltidan keyingi 2-goldagi himoya çiziğining bolalarça xatosi futbol içidagi har qanday kişida şubha uyğotgani aniq.
Yuqoridagi vaziyatda navoiyliklarning uzoq yillik tajribali himoyaçilari Şerali Jörayev va Fayzulla Qambarovning harakatlariga izoh bera olişar, ammo mavsum boşida Hamidjon Aktamov tomonidan taklif etilgan 88-raqamli çap qanot himoyaçisi Artyom Dmitriyev va 75-raqamli himoyaçi Oleg Tolmasovning harakatlarini qanday tuşuniş mumkin? Rossiyalik öyinçilarning Navoiyga taklif etgani uçun Aktamovga rahmatimi bu? «Surxon» aynan uşbu ğalaba bilan yakunda Superligada qoliş vazifasini bajardi.
















