21:10 / 26.03.2018
11971

Xitoyda avtomobillar sotuvchi ko‘p qavatli savdo avtomati ochildi

Foto: twitter.com/TechCrunch ‏

Xitoyning Guanchjou shahrida avtomobillar sotuvchi savdo avtomati ochildi. Bu haqda TechCrunch nashri xabar bermoqda

Avtomat Ford va Alibaba kompaniyalari hamkorligi doirasida yaratilgan. Ko‘p qavatli binoda o‘nlab Ford avtomobillari joylashtirilgan bo‘lib, mijoz unga yoqqan mashinani mobil dastur yordamida tanlab, uni sinovdan o‘tkazish uchun 3 kunga olishi mumkin. 

Servis foydalanuvchilari shuningdek Alibaba taqdim qiladigan xizmatlar uchun chegirmalar oladilar. 

Top